Ko'p yillik tajriba

Dilorom Bobojonova

Tarix fanlari doktori, professor
  • 0 Maqolalar
  • 0 Treninglar
  • 0 Kitoblar

O'qituvchi haqida

Dilorom Bobojonova tarix fanlari doktori, professor, "Ma`rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a`zosi

 

O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti “ O‘zbekiston tarixi” fanlari doktori Bobojonova Dilorom Bobojonovnaning ilmiy yo‘nalishi: tarixchi.

    Ilmiy qiziqishlar doirasi: O‘zbekistonning sovet davri va mustaqillik yillari tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, millatlararo munosabatlar, demografik jarayonlar, xotin-kizlar masalasi, siyosiy partiyalar tarixi.

    Muhim ilmiy natijalari: O‘zbekistondagi millatlararo munosabatlarning ijtimoiy- iktisodiy jixatlari taxlil etildi, demografik jarayonlar, sanoat va qishloq xo‘jaligidagi ahvol, milliy kadrlar tayyorlash masalalarini arxiv materiallari, statistik ma’lumotlar asosida ilmiy tahlil etildi, ijtimoiy-ekologik muammolar, Orolbo‘yi hududi ekologik vaziyatini o‘rganish ishiga hissa qo‘shildi, mustaqillik yillarida xotin-kizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi masalalari, O‘zbekistonda yoshlar siyosati, ko‘ppartiyaviylik, siyosiy partiyalarning shakllanish jarayoni va faoliyati o‘rganildi.

    1996-yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xay’ati Tashkiliy-tahliliy boshqarmasida bosh mutaxassis va 2002-2005-yillar mazkur boshqarma boshligi vazifasida ishladi. Boshqarma boshlig‘i sifatida milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida, xususan, buyuk bobolarimiz-Amir Temurning 660 yilligi, Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, Imom Buxoriy, Ahmad Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Moturidiylarning tavallud to‘ylari va qadimiy shaharlarimiz Xiva, Buxoro, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand va Toshkent kabi shaharlarning yubiley sanalarini xalqaro miqyosda o‘tkazish ishiga mas’ul shaxs sifatida ulkan tashkiliy ishlarni amalga oshirib, salohiyatli olima sifatida ilmiy jamoatchilikka yaxshi tanildi.

    Dilorom Bobojonova tarixchi-tadqiqotchi sifatida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 1999-yildan 2012-yilga qadar O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti "O‘zbekiston tarixi" kafedrasi mudiri lavozimida ishlab keldi 2000-2002-yillarda universitetning ma’na shu ma’rifiy ishlari bo‘yicha 1-prorektori vazifasida ishladi. Dilorom Bobojonovna 2004-yilda professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. 150 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

    Ko‘plab izlanuvchilarga ilmiy rahbar qilib, 6 nafar fan nomzodi yetishtirgan, hozi ham ko‘pgina doktorantlarga ilmiy maslahatchi qator jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda. 2012-yildan buyon kafedra profess lavozimida universitet talabalariga O‘zbekis tarixi fanidan dars berish bilan birga, jamoatchilik asosida universitet Ota-onalar kengashi va universitet "Olima" uyushmasi raisi sifat ham faoliyat olib boradi.

    Professor Dilorom Bobojonova 1998 yildan 2006-yilga qadar (falsafa, yuridiktar bo‘yicha O‘zR VM xuzuridagi OAK ekspert Kengaash a’zosi hamda ilmiy kotibi, 2001-yildan hozir) Tarix fanlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zosi, 2006-yildan 2012-yilgacha O‘z huzuridagi Ixtisoslashgan kengash a’zosi, hozg Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekiston tarixi fanidan imtihon a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda.

    Dilorom Bobojonova 2009-yildan 2013-yilga qadar O‘zteleradiokompaniyasi O‘zbekiston telekanalining "O‘yla, izla, top" tele-shou musobaqas Hakamlar hay’ati a’zosi sifatida, shuningdek, dolzarb mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlar, jumladan "Munosabat" ko‘rsatuvi respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o‘z maruzalari bilan faol qatnashib kelmokda. 2015-yili "Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi" respublika tanlovi nominatsiyasi g‘olibi. Bir necha bor Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan tashakkurnoma, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

    Olima 2006-yilda "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi" ko‘krak nishoni, 2012-yilda "Xalq ta’limi a’lochisi" unvoni bilan taqdirlangan.

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR