“Yangi O‘zbekiston”maqolalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

“Hotel International Toshkent” mehmonxonasida “Uchinchi renessans – maʼrifatli jamiyat sari!” mavzusida respublika konferensiyasi davomida “Yangi O‘zbekiston” maqolalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosi hamda yurtimizda inson qadri va uning farovonligini yuksaltirish, adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash, maʼnaviy taraqqiyotni rivojlantirish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, mamlakatimizni dunyoga tarannum etish borasida erishilayotgan yutuqlarni yurtdoshlarimiz orasida keng targ‘ib qilish hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodni Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga daxldor etib tarbiyalash maqsadida “Yangi O‘zbekiston” mavzusida maqolalar tanlovi o‘tkazilgan edi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Respublika isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan щtkazilgan tanlovga yoshlar, talabalar, targ‘ibotchilar, ilmiy tadqiqotchilar (magistrant, doktorant va boshqa), olimlar, professor-o‘qituvchilar va ishtirok etish istagini bildirgan 73 nafar ishtirokchidan 98 ta maqola kelib tushgan.Mazkur tanlovga taqdim etilgan maqolalar orasidan Tashkiliy qo‘mita aʼzolari tomonidan saralab olingan eng yaxshi nomzodlar quyidagi tartibda rag‘batlantirildi.

Tanlovning 3 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin g‘oliblari:

Madaniyat vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shavkat Ortiqov;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Iroda Nasimova;
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 100-maktab o‘qituvchisi Baxtiyor O‘rinovlar diplom hamda mikroto‘lqinli pech mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovning 2 ta uchinchi o‘rin g‘oliblari:
Oliy Majlis huzuridagi qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotchilari instituti bo‘lim boshlig‘i Akbarshoh Teshayev;
G‘uzor tumanidagi 78-o‘rta maktab, Qarshi tumanidagi 16-o‘rta maktab targ‘ibotchilari Feruza Jabborova va Rohila Yo‘ldoshevalar diplom hamda 2 (ikki) million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovning 2 ta ikkinchi o‘rin g‘oliblari:
Yuridik fanlari doktori, professor – Mirodil Baratov;
“Standart” ilmiy-texnik jurnali muharriri Zilola Xo‘janiyozovalar diplom hamda 4 (to‘rt) million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

Tanlovning 2 ta birinchi o‘rin g‘oliblari:
Yuridik fanlari doktori, professor – Firuza Muxitdinova;
Jurnalist, “Shuhrat” medali sohibi – Po‘lat Ermatovlar diplom hamda 6 (olti) million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR